tuz
bilan ulashing
1. Barpo etmoq, vujudga keltirmoq, yaratmoq.
-
Armiya tuzmoq. Komissiya tuzmoq. Jamiyat tuzmoq. Partiya tuzmoq.
-
Temur tuzgan saltanatning vorisligi Shohruxdan keyin Ibrohim Sultonga oʻtishiga umid bogʻlashardi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Tarkibiy qismlardan yaxlit narsa yaratmoq, tarkib etmoq, tartib qilmoq.
-
Jumla tuzmoq. Roʻyxat tuzmoq. Ertangi ishga bugun reja tuz. Maqol
-
Biz nutqimiz-da ayrim soʻzlarni oʻzaro biriktirib, gap tuzamiz va fikrimizni bayon qilamiz. Oʻzbek tili darsligi
3. Turli material, maʼlumot va shu kabilarni yigʻib va maʼlum tartibda joylashtirib, yaxlit bir holga keltirmoq; yaratmoq.
-
Toʻplam tuzmoq. Ikki tilli lugʻat tuzmoq. Darslik tuzmoq.
-
Ular Avazning koʻhna, yangi gʻazallarini tartibga solib, bir devon tuzmoqchi boʻladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
4. Rasmiy ravishda kelishib, biror hujjat yozmoq.
-
Dalolatnoma tuzmoq.
-
[Mirzakarimboy] Oʻgʻli Hakimboyvachchaning paxta savdosi yuzasidan oʻris firmalari bilan yaqinda tuzgan shartnomasi ustida oʻylab koʻzlarini yana mahkamroq yumdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ikkala hukmdor yarash bitimi tuzubdurlar. M. Osim, Ibn Sino qissasi
5. Uyushtirmoq; qurmoq, qilmoq.
-
Ular yuksak oilalarning oʻgʻillari. Ularning kissalarida oltin-kumush moʻl. Ular kechalar shirin suhbatlar tuzadilar. Oybek, Navoiy
-
Gʻalaba munosabati bilan Muzaffar mirzo katta ziyofat tuzdi. Oybek, Navoiy
6. kam qoʻll. Ayn. tuzatmoq 2.
-
Buzilgan ishni botir tuzar. Maqol. Ota buzsa, bola tuzar. Maqol
7. aynan Tuzamoq.
-
Elda qolgan kattalar Toʻlgʻonning oldida dasturxonni tuzib, olib ketib xizmat qilib turdi. Oysuluv
-
Erlarga oʻxshab, mundoq bir oz chaqchaqlashib oʻtirsangiz nima qiladi. Ne-ne umid bilan dasturxon tuzgan edim. Shuhrat, Jannat qidirganlar
TUZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar