tuyoq
bilan ulashing
1. Baʼzi sutemizuvchi hayvonlarning oyoq uchidagi, shoxsimon moddadan tuzilgan tayanch qismi.
-
Otning tuyogʻi. Tuyoq tovushlari.
-
Loyi koʻpirib yotgan yoʻlda ot taqalari, mol tuyoqlaridan hosil boʻlgan chuqurchalarni limmo-lim toʻldirgan sargʻish zardoblar jimirlab, yoniveridan sirqib yotardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ot, eshak, mol tuyoqlarining tapir-tupuri bosildi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. koʻchma s. t. Uy hayvoni, mol.
-
Nikolay zamonida ostonam tuyoq koʻrmagan. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Chorvam bor desam degunday bu yil yana tuyoq sotib oldik. I. Rahim, Ixlos
3. Bosh (mollarning soni haqida).
-
Chorva tuyogʻi koʻpaydi, mollarning naslini yaxshilash, qishlovga puxta tayyorgarlik koʻrish masalasida ham anchagina ishlar qilindi. A. Rahmat, Ellik bir bahodir
4. koʻchma Zurriyot, tirnoq.
-
Siz hurmatlilarga maʼlumdir, bizning shul Otabekdan oʻzga farzandimiz boʻlmay, dunyoda oʻzimizdan keyin qoldiradigan tuyogʻimiz va koʻz tikkan orzu-havasimiz faqat shul Otabekdir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
tuyoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tuyogʻingni shiqillat
-
Qani, tuyogʻingizni shiqillatib qoling! H. Gʻulom, Mashʼal
Hoʻkizning shoxiga ursa, tuyogʻi zirqiraydi
TUYOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУЁҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuyoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar