tuyg‘u
bilan ulashing
1. fiziol. Tashqi taʼsirni sezish, his etish, qabul qilib olish qobiliyati; sezgi.
-
Tuygʻu yordamida biz issiqni yoki sovuqni sezamiz.
-
Quyonning tuygʻu aʼzolari terida tamomlanadigan nerv uchlaridan iborat. Zoologiya
2. Ruhiy yoki jismoniy kechinmalar, his-tuygʻular majmui; his-tuygʻu, his-hissiyot.
-
Nafis tuygʻu. Ishonch tuygʻusi. Doʻstlik tuygʻusi. Ogʻriq tuygʻusi. Yurakni gʻash qilayotgan tuygʻu.
-
Rashk, menimcha, mana shu haqoratning alami va shundan kelib chiqadigan tuygʻu. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Otasining saltanat oldida katta hurmatga ega ekani Badianing qalbiga ham fidoyilik tuygʻularini solgan edi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Oraga jimlik choʻkib, tuygʻularni soʻndirdi. K. Yashin, Hamza
TUYG‘U so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУЙҒУ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuyg‘u so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar