aylanish
bilan ulashing
1. Aylanmoq feʼlining birgalik nisbati.
-
Davrani toʻrt aylanishdi hamki, juvon yonbosh bermadi. S. Ahmad, Jimjitlik
2. Biror yerda yoki biror ish bilan ovora boʻlib, tutilib qolmoq, biror yerda aylanib, oʻralishib yurmoq.
-
Hakimboyvachcha: — Ertalab kelgan edim. Bankda aylanishib qoldim, — dedi-da, soʻzlab ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Asosiy, odatdagi boʻlmagan biror ish, narsa bilan shugʻullanmoq.
-
Qimorga aylanishmoq. Bozorga (savdoga) aylanishmoq.
4. Biror narsa ilinjida oralamoq, paydo boʻlmoq; oralamoq.
-
Begona kishilar aylanishib qoldi.
5. manf. Biror kimsaning ilinjida boʻlmoq; ilakishmoq.
-
Uning [Sharofatning] nazarida, bu taxminlardan haqiqatga yaqinrogʻi Sidiqjonning shu juvon oʻlgur Kanizakka aylanishib qolganligi edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
AYLANISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЙЛАНИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
aylanish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar