aylantir
bilan ulashing
1. Aylanmoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Hazilni chinga aylantirmoq. Parrakni aylantirmoq. Shahar aylantirmoq. Kapitalni aylantirmoq.
-
Unsin onasidan yodgor qolgan va yagona ziynati boʻlgan yupqagina eski kumush bilaguzukni aylantirib gapirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Bir tomondan ikkinchi tomonga agʻdarmoq, boshqa tomonini oʻgirmoq, toʻnkarmoq;.
-
Shkafni aylantirib qoʻymoq.
-
[Hasanali] Bu ikki turli masalaning oʻng-tersini aylantirib muhokama qildi va oʻlchadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. so‘zlashuv tili Gap bilan chalgʻitmoq, laqillatmoq.
aylantir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aylantirib kelganda
-
Aylantirib kelganda bir soatlik ish ekan.
Aylantirib tashlamoq
Aylantirib tushirmoq
Boshni aylantirmoq
-
U yerda otlar, aravalar, tuyalarning shovqini nonvoylarning qichqirishlari bir-biriga qoʻshilib, allaqanday maʼnosiz, boshni aylantiradigan doimiy bir gʻovur-gʻuvur yasaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Maqsud Yalangtoʻshga:] Ogʻayni, men qora odamman. Zangʻar Yodgorbek boshimni aylantirgan ekan. N. Safarov, Sharq tongi
Gapni aylantirmoq
-
Saodatxon orziqib javob kutar, Tojiboy aka boʻlsa, aniq javob bermay, gapni aylantirar edi. S. Zunnunova, Olov
-
Gapni koʻp aylantirmasdan, ochigʻini aytib qoʻya qol. O. Yoqubov
AYLANTIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЙЛАНТИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
aylantir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar