aylan
bilan ulashing
1. Oʻz oʻqi yoki biror narsa tevaragida harakat qilmoq, aylana boʻylab davra olib yurmoq.
-
Yer oʻz oʻqi atrofida aylanadi.
-
Juvon davrani uch aylangandan keyin oʻzi singari kiyingan bir yigitni tortdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Sayr-tomosha yoki boshqa maqsadda kezmoq.
-
Gʻulomjon shahar aylangani ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Tirikchilik oʻtkazish uchun Yusufjon qiziq Turkistonni, Qozogʻistonni aylanib chiqdi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Ertalab qurilishga kelganda, eng avval hamma uchastkalarni aylanib chiqdi. A. Muxtor, Opa-singilla
3. Biror yerda yoki doirada oʻralashib yurmoq; aylanishmoq.
-
Abdishukur Tatar savdogarlari orasida aylanarkan, uni-buni tanidi. Oybek. Tanlangan asarlar
4. iqt. Muomalada boʻlmoq, yurmoq.
-
Kapitalning aylanishi.
5. Boshqa narsaga, boshqa holatga oʻtmoq.
-
Suv muzga aylandi. Yomgʻir asta-sekin qorga aylandi. Olqishlarga aylangan davomli qarsaklar.
-
Mirzayev shu kuni juda zerikdi. Bu zerikish kechqurunga borib diqqatlikka aylandi. A. Qahhor, Koʻk konvert
6. (ayrim soʻzlar bilan) Tusini kasb etmoq, shunday boʻlmoq.
-
Har yili buvimni eslash, xuddi shu kuni amma-amakilar yigʻilishi odatga aylangan. Gazetadan
-
Kelajakda esa bu makon islom ahli uchun muqaddas qadamjo va gʻoyat goʻzal ziyoratgohlardan biriga aylanishiga ishonch bildirdi. Gazetadan
aylan soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshi aylanmoq
-
Botirali ayvon ustuniga suyanib oʻtirdi-yu, koʻzi tinib, boshi aylanib ketdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Dastgohlarni koʻrib, avval boshimiz aylanib qoldi. A Muxtor, Opa-singillar
Aylanib oʻtmoq
-
Binoni aylanib oʻtmoq;
-
Ular qonunni maʼlum darajada bilishadi, ammo oʻzlariga bogʻliq masalalarda uni aylanib oʻtishga harakat qilishadi. Gazetadan
Gap aylanib
-
Gap aylanib, brigadalar ishiga koʻchdi. N. Safarov, Xadicha Ahrorova
Gap aylanmoq
-
Yana shu haqda gap aylanib qoldi.
Tili aylanmay qoldi
Havo aylanib turibdi
AYLAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЙЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
aylan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar