tuzal
bilan ulashing
1. Kasallikdan, xastalikdan xalos boʻlmoq, sogʻaymoq, shifo topmoq.
-
Bemor tuzaldi. U kurortdan ancha tuzalib qaytdi.
-
[Qurbon ota] Kasalxonada yaqin ikki oy yotib, oyoqlari tuzaldi, oʻzi juda tetiklandi. A. Qahhor, Toʻy
-
Dorim bilan tuzalib ketganlar meni doktor ona deb eslari ketishadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Bitib ketmoq, yoʻq boʻlib ketmoq (yara, chipqon, jarohat va shu kabilar haqida).
-
Yaram tuzalib qoldi. Tigʻ yarasi tuzalar, til yarasi tuzalmas. Maqol
-
To yara tuzalguncha, u erka va izzatli mehmon Oybek, Quyosh qoraymas
3. Buzuq holdan foydalanishga, ishlatish uchun yaroqli holga kelmoq.
-
Koʻchadan juda toʻydim, Qachon tuzalar ekan. Mushtum
-
Siz ham nonushtani mashina tuzalgandan keyin qilasiz! Mushtum
4. Kamchiliklari, nuqsonlari bartaraf etilib, toʻgʻri, durust boʻlib qolmoq, yaxshilanmoq.
-
Ahvol tuzaldi. Tuzalmas xato.
-
Abdurahmon yana ikki yil madrasada turib, shu tuzalgan axloqini kamolotga erishtirdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Erlar bilan mehnatga Otganlar quloch. Tur-mushlari tuzalib, Topganlar rivoj. Gʻayratiy
-
Yozuvim tuzalyapti, mana koʻring, deyman. H. Nazir, Yonar daryo
5. Yomon, notoʻgʻri, nojoʻya yoʻldan qaytmoq, axloqiy nuqsondan xalos boʻlmoq.
-
Tanqiddan soʻng u ancha tuzaldi.
-
Xoʻsh, u [Yoʻlchi] tentakni qutqarib nima qilasan, jiyan? U tuzalmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Siz ham yot erkak. Siz mendan nima kutasiz, maʼlum; bu yerdan qochsam, tuzalardim, balki Oybek, Tanlangan asarlar
TUZAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУЗАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuzal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar