g‘oyib
bilan ulashing
1. Shu yerda yoʻq, mavjud emas; koʻrinmay ketgan, yoʻq boʻlib ketgan.
-
Shu paytda bir kabutar ajoyib, Koʻkda borar goh koʻrinib, goh gʻoyib. S. Abdulla, Tohir va Zuhra
2. Tangri, iloh.
-
Keyin iloji boricha yumshoq gapirishga urinib, nasihat qilib qoʻydi: — Gʻoyibning ishini bandasi bilmaydi K. Yashin, Hamza
-
Eshikdan chiqishi hamon, Anvarga raqibligini oshkor qilib qoʻymaslikni gʻoyibdan tiladi. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
3. Gʻoyib (erkaklar ismi).
g‘oyib soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻoyib boʻlmoq
-
Maʼmurjon orqasiga qaray-qaray, muyulishdan oʻtib, gʻoyib boʻldi. Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar;
-
[Komila] Tongda kampirnikiga keldi. Kirsa, Matniyoz yoʻq. Matniyoz ketib qolgan edi. Qayoqqa gʻoyib boʻlganligi nomaʼlum. A. Muxtor, Chinor;
-
Bundan besh yil ilgari bir sabab bilan bu xayollar butunlay gʻoyib boʻlib, ularning oʻrnini boshqa fikrlar egalladi. M. Aliyev, Qalb soʻzlari yozilgan maktub
Ilmi gʻoyib
-
Bu ilmi gʻoyib. Hozircha bir narsa deyish qiyin. N. Safarov, Don
G‘OYIB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒОЙИБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘oyib so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar