g‘ubor
bilan ulashing
1. Chang, toʻzon kabilardan havoda saqlangan yoki narsa sathiga ingan mayda zarralar; gard.
-
Doʻl shunday shiddat bilan yogʻardiki, goʻyo yerdan chang koʻtarilib, havoni gʻubor bosdi, kunduz qorongʻilashdi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Paxta bitgan yerlaringni koʻrmoqchiman, Gʻuborini kiprigimga surmoqchiman S. Akbariy
-
Shoyon mehnatingning nishonasi bu — Qora qoshlaringga qoʻngan chang, gʻubor. A. Oripov, Yillar armoni
-
Saratonda muallaq qotgan gʻubori shabnam bilan yana oʻz onasi — tuproq ogʻushiga ohista choʻkdi. Saodat
2. Umuman, tiniqlik, ravshanlikni buzuvchi, xira qiluvchi (xiralashtiruvchi) zarralar.
-
Osmonda gʻubor yoʻq, tiniqdan-tiniq, Quyosh charaqlaydi nurini sochib. Gʻ. Gʻulom
-
Qishloqdan chiqqanimizda, gʻubor ichida koʻringan togʻlar ham ancha yaqin kelib qoldi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Bugun kun boʻladi ravshan va bedogʻ, Gʻubor yoʻqdir zarra havoda. H. Olimjon
3. koʻchma Umuman, ravshanlik, tozalik, poklikni buzuvchi narsa (masalan, dogʻ va boshqalar).
-
Tashqarida olamni jamiki gʻuborlardan poklamoqchidek, urib jala quyar edi. M. Mansurov, Yombi
-
Zaynab Kumushning toʻlib yetmagan gavdasiga va oʻn olti yoshlar chamali gʻubor tegmagan husniga hayron boʻlib, mulohazasini aytishdan qoʻrqdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Dil ham bamisoli shunday: sevgi sharobiga qatra gʻubor aralashdimi — tamom. M. Joʻra, Iztirob
4. koʻchma Kishi ruhini (ruhiyatini) buzuvchi holat, dogʻ, xiralik.
-
Har qalay, kunduzlari chidasa boʻladi: bir-yarim yaxshi-yomonni koʻradi, undan-bundan ikki ogʻiz soʻzlashib, picha tafti chiqadi, gʻubori ariydi X. Sultonov, Onamning yurti
-
Suhbatda odam yoziladi, dam oladi, gʻubordan chiqadi derdi Yusufjon aka. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Bir marta toʻyib hidlasang, ichingdagi jami gʻuborni haydab chiqaradi. S. Ahmad, Ufq
5. maxs. Changsimon dogʻ; kul (oʻsimliklar kasalligi).
-
novdalarda ham, xuddi barglardagi singari, kulrang gʻubor paydo boʻladi. Gazetadan
G‘UBOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒУБОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ubor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar