g‘oz
bilan ulashing
1. Yovvoyi yoki xonakilashtirilgan, boʻyni uzun, suvda suzuvchi yirik qush.
-
Anavi Toʻlaganning erkatoyi! Minaman, deb gʻozlarni quvlagani-quvlagan. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Koʻklam keldi, uchib oʻtdi gʻoz-u turnalar. Gʻ, Gʻulom
-
Sohilida chayqalar qamish Uchib oʻtar baʼzan oʻrdak, gʻoz. Yo, Mirzo
2. koʻchma Gavdani tik koʻtargan holda: tik turib; tikka.
-
Gavdani gʻoz tutmoq. U gʻoz yurib chiqib ketdi.
-
Qizil shapkali qotmagina temiryoʻlchi minbarga yugurib chiqdi-da, Oxunboboyev oldida gʻoz turib raport berdi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Kaklik chiroyli boʻynini gʻoz tutganicha, mast koʻzlarini jovdiratib xonish qilardi. S. Anorboyev, Oqsoy
g‘oz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻoz qarash
-
[Bonu] Oʻrniga borib oʻtirib, zaldagilarga bir gʻoz qarash qilib qoʻydi. S. Karomatov, Hijron
eskirgan, kitobiy, aynan Gaz II.
so‘zlashuv tili Kuch-quvvat, kaloriya.
-
Gʻozi yoʻq ovqat. Oftobda turib, oʻgʻitning gʻozi qolmapti.
-
Dehqon yetishtirgan noz-u neʼmatlarning gʻozi boʻlsagina, pazandaning oshi totli boʻladi. M. Karimjonov, Patinjon
-
Koʻmiri yaxshi chiqmadi. Gʻozi yoʻqqa oʻxshaydi. R. Fayziy, Hazrati inson
G‘OZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒОЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘oz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar