g‘oyibona
bilan ulashing
1. Oʻzini koʻrmagan yoki suhbatlashmagan holda; orqavoratdan, sirtdan.
-
Gʻoyibona oshiq boʻlmoq.
-
Kumushning goʻzallik taʼrifini gʻoyibona eshitib, ogʻzining suvi keluvchi xotinli va xotinsiz orzumandlar qutidornikiga sovchilarini turnaqator yubora boshlagan edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
U ham Oysha xolani gʻoyibona yaxshi koʻrib qolgani haqida yozar, bundan keyingi xatlarida esa suratlarini yuborishlarini aytar edi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
2. Nomaʼlum; favqulodda.
-
[Mahkam aka] Ogʻasining gaplarini eslardi. Eslagan sari, bagʻri butun boʻlib, koʻngli togʻdek koʻtarilar, olam boshqacha koʻrinar, allayoqdan gʻoyibona kuch beliga, koʻzlariga nur ato qilayotganga oʻxshardi. R. Fayziy, Hazrati inson
G‘OYIBONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒОЙИБОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘oyibona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan G‘OYIBONA so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘oyibona so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar