g‘udran
bilan ulashing
1. Oʻzicha nimalardir demoq, gapirmoq.
-
Qamar rais yana allanimalar deb gʻudrandi-da, darvozani qars yopib chiqib ketdi. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Janjalning hidini sezgan Sarvi xola gʻudranib, stol ustiga dasturxon yozishga tutindi. Mushtum
-
Ichkarida kimdir gʻudrandi, unga qandaydir ayol tovushi qoʻshildi. N. Fozilov, Diydor
2. Gap-soʻzidan tutilib, tayinsiz gap qilmoq; dovdirab, telba-teskari gapirmoq.
-
Bu savoldan rais duduqlandi, partiya tashkilotining sekretari gʻudrandi, ferma mudiri chaynoqlandi. Mushtum
-
Direktor Abdusaid amakidan bu gapni kutmagan ekan, dovdirab qoldi. Hushi uchib gʻudrandi. M. Mansurov, Yombi
G‘UDRAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒУДРАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘udran so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar