tuzat
bilan ulashing
1. Saranjom-sarishta qilmoq, tartibga solmoq.
-
Nuri xoʻrsindi, sochlarini, gʻijim roʻmolini tuzatdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mastura opa ana shu xayollar bilan uyga kirib yo tarelkaning oʻrnini almashtirar, yo stulni tuzatib qoʻyardi. R. Fayziy, Shohi darparda
-
Vodoprovod oʻtkazamiz, deb qazib ketishgan edi, bir yil boʻldi, tuzatmaydilar. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Buzilgan, ishdan chiqqan narsani tiklamoq, foydalanishga, ishlatishga yaroqli holga keltirmoq.
-
Kecha bir kampir televizorni qoldirayotib, tezroq tuzatib beringlar deb iltimos qilgan. T. Ashurov, Oq ot
-
Tegirmoni buzilib ketgan ekan, tuzatdi. A. Qahhor, Asror bobo
-
Loaqal oʻn besh soʻm turadigan qovunni toʻrt yarim soʻmga sotsin, buni ham birovning aravasini tuza-tishga toʻlasin. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Bartaraf qilmoq, toʻgʻrilamoq.
-
Xatoni oʻzlari qilib, tuzatishni sizdan talab qilsalar, insofdanmi axir! Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Aybni oʻzim qildim, oʻzim tuzatishim kerak! Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. Nuqson-kamchiliklarni yoʻqotib yaxshilamoq, durustlamoq.
-
Talaffuzni tuzatmoq. Ahvolni tuzatmoq.
-
Kichik bir master boʻlib chiqardi otin, Tuzatdi kundan-kunga roʻzgʻor hayotin. Gʻayratiy
-
Mayli, sizlar yashanglar, zamonni tuzatinglar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Kamchilikni tuzatish mumkin! — Albatta mumkin, Toʻlqinjonni ham tuzatish mumkin. F. Musajonov, Huri
5. Kasallikdan, xastalikdan xalos qilmoq, davolamoq, shifolamoq, shifo bermoq, kasalini aritib sogʻaytirmoq.
-
Ibn Sinoga kasalning joni chiqmagan boʻlsa, bas ekan, tuzatar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
6. so‘zlashuv tili Gap bilan boplamoq, qattiq izza qilmoq, uyaltirmoq.
-
Yuzma-yuz turib, Shayxullo domullani shunday tuzatdiki, yer yorilsa, kirib ketguday boʻldi. Sh. Toshmatov, Tongdagi koʻlanka
7. aynan Tuzamoq 1.
-
Hanifa ayvonning tax-monidagi yangi koʻrpachalarni xontaxta atrofiga yozdi, dasturxon tuzatdi H. Gʻulom, Feruza
TUZAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУЗАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuzat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar