tuza
bilan ulashing
1. Patnis, dasturxon, stol va shu kabilarni noz-neʼmatlar bilan bezamoq, yasatmoq.
-
Begimxon dugonasini koʻrpachaga oʻtqizdi-da, patnis tuzab keldi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Kamoliddin maxdum dasturxon tuzashni Asad qoriga buyurdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Qari kelsa — oshga, yosh kelsa — ishga. Ikkalamiz stol tuzar ekanmiz. N. Safarov, Hayot maktabi
2. Saranjom-sarishta qilmoq, shinam qilib jihozlamoq, yasatmoq.
-
Oʻgʻlim aʼlo oʻqir deb, Sevib ota-onasi, Ataylab oʻziga xos Tuzab bergan bir uycha. Q. Muhammadiy
-
[Sheralixon otlarni\ Qushday qilib tuzab, zar qubbali zumrad egarni soldi. Erali va Sherali
3. sheva Ado etmoq, bajarmoq, oʻtamoq.
-
Bir shartga buyurdi ul qoshi qaro, Tuzamoqqa men Yovmitga boraman. Nigor va Zamon
-
Kundan-kun bachalar ishni tuzab, juda yaxshi mehmonxonalar soldi. Yusuf va Ahmad
tuza soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻzini tuzamoq
-
Hasan mard buni koʻrib, koʻzi yoshga toʻlib, jazavalari qoʻzgʻalib, polvonlik tomirlari uygʻonib, oʻzini tuzab tezlanaverdi. Ravshan
TUZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar