bit
bilan ulashing
1. Soʻngiga, oxiriga, nihoyasiga yetmoq, tamom boʻlmoq, tugamoq; toʻxtamoq.
-
Gap bitdi. Tilak bilan bitmagan bilim bilan bitar. Maqol
-
Katta Fargʻona kanali qirq besh kunda — 15 sentyabrda bitdi. N. Safarov, Olovli izlar
2. Tayyor boʻlmoq (qurilayotgan, yasalayotgan narsa haqida).
-
Qurilish bitdi. Koʻprik bitdi.
-
Mana, kanal ham bitay deb qoldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
[Tilla uzuk] Buyurdim, erta-indin bitib qolar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Barham topmoq, yoʻq boʻlmoq, yoʻqolmoq; bartaraf boʻlmoq, tugamoq.
-
— Uh! — toqatsizlanib kuyindi Ahmad Husayn. — Qachon bu yovuzlar, xoinlar bitadi?! Oybek, Nur qidirib
-
Xalq tovushi tinimsiz guvullaydi: Bitsin zolim podsho! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Barcha yomonlik oʻshaning [Musulmonqulning] boshi bilan birga ketgandek, qipchoq ogʻaynilar ila totuvlashdik, qipchoqning eski adovatlari bitdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. -(i)
-
Kichikroq vodiyning har yer-har yeridan quyuq tutun koʻtarilmoqda — qishloq batamom yonib bitgan. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Qizim, dadang, enang hasratingda kuyib bitdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bechora qiz otaga muhtoj. Otasiz ezilib bitmasa yaxshi edi. I. Rahim, Ixlos
bit soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ish bitdi
-
Erinchoqning ishi bitmas. Maqol
-
Oʻychining uyi bitguncha, tavakkalchining ishi bitadi. Maqol
-
[Boy oʻz-oʻziga:] Xayriyat, bu ish ham xamirdan qil sugʻurganday joʻngina bitdi. Hamza, Boy ila xizmatchi
Ishi bitdi, eshagi loydan oʻtdi
-
Ish bitib, eshak loydan oʻtgandan keyin zoʻravonlar chiqib, yerlarni talab oladigan boʻlsa, buning oqibati yomon boʻladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Kuni (yoki umri) bitmoq
-
Men nima qilsam, ilm uchun, ilm yoʻlida qilaman. Kunim bitib oʻlsam, oʻligimni ham ilm yoʻliga beraman A. Qahhor, Asarlar
-
Yaxshiboyevning kuni bitgan, aniqrogʻi, yana bir kunlik umri qolgan. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Ular odamlarni xonavayron qilayotgan urush ekanini, agar urush bitsa, hamma yoq yaxshi boʻlib ketishini soʻzlardilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
1. Oʻsib-unmoq; yetishmoq.
-
Mana shu yuqoriga koʻtarilgan daryodan Mirzachoʻl suv ichadi, ekin bitadi. Oydin, Shirin keldi
-
Omad kelsa, daraxtda ham non bitar. Qanotli soʻzlar
2. Et unib, birikib tuzalmoq, toʻlishmoq yoki bekilmoq.
-
Jarohatlarim bitib ketishi bilan, oʻz qismimga qaytib bordim. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
Sal kunda Aʼzamga et bitib, rangiga qon yugurdi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
bit soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jir bitdi
-
Endi jir bitdi-da! Bitta koʻylak ikkita boʻldi! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Izzati bitmoq
-
-Bas! Izzating bitdi, doya buvingga borib ayt! Agar ozodlik keltirmasang, yangi saboqqa tushmaysan! — dedi [domla]. N. Safarov, Sulton boʻzchining nevaralari
Qulogʻi bitmoq
-
Xayr, yumushingiz boʻlmasa, men ketdim, shamoldan qulogʻim bitdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Laʼli nima qilishini bilmay, bolalar shovqinidan qulogʻi bitib turadi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Shu daqiqadan boshlab, Suyarqulning quloqlari tom bitdi. Tanaffus boshlanishini ham hammadan keyin — sinfda gʻovur-gʻuvur boshlanganda bildi. A. Koʻchimov. Halqa, Haqi bitdi Haqi qolma-di
-
Ilgarigi soʻzingiz bilan oʻzingizning haqqingiz bitganligini bila turib ham, yana uyalmay-netmay, vijdonsizlar amrini berib qoʻyasiz-da, uyatsizligingizni yana bir qat orttirasiz! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
1. aynan Yozmoq. II.
-
Yurtim, senga sheʼr bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. A. Oripov, Yurtim shamoli
-
Xoʻja Abdulla Marvoriy xatni chiroyli bitardi. Oybek, Navoiy
-
Roʻyob Mamatova Mirzachoʻlni oʻzlashtirib, oʻz jasorati sol-nomasiga ilk satrlarini bitganda, yoshgina qizcha edi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
2. (joʻnalish kelishigi bilan) Muyassar, ega boʻlmoq; paydo boʻlmoq.
-
Mana, xudo xohlasa, boshingga doʻppi, oyogʻingga etik, egningga chopon, koʻylak-ishton bitadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
bit soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aql bitmoq
-
Bu nimasi tagʻin senga sira aql bitmadi. Boʻyingni qara, menga yetay deb qoldi. Oydin, Oʻzi monand. Boshga bitgan balo Qutulish qiyin boʻlgan tashvish, quruq tashvishdan iborat.
-
He, bu urush boshga bitgan balo boʻldi-da. German ham qursin oq poshsho ham qursin. Enasining mahrini talasharmikan! Oybek, Tanlangan asarlar
Muguz (yoki shox, qanot va shu kabilar) bitdi
-
Eshakka muguz bitsa, jami jonivorlarni suzib oʻldirar ekan, mushukka qanot bitsa, hech bir parrandani qoʻymas ekan. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Qay bola maktabda oʻqisa aʼlo, Oʻshanga hech tolmas zoʻr qanot bitar. Q. Muhammadiy.
-
Hojar opaning gap ohangidan yon berganini sezib, Rasul akaga qanot bitdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
Peshonaga bitgan (yoki bitib qoʻyilgan)
-
[Yusuf:] Mana, xotindan ham ayrildik! — [Mehri:] Nima qilay, bu ham boʻlsa, peshonaga bitgan bir koʻrgilik, bolam. O. Yoqubov, Aytsam tilim kuyadi, aytmasam — dilim
-
Peshonaga bitgan yolgʻiz ot edi. Uni ham oʻrtaga qoʻyaymi? P. Tursun, Oʻqituvchi
BIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar