bo‘k
bilan ulashing
1. Nam tortib, namiqib koʻpchimoq, shishmoq.
-
Suvda boʻkkan non. Boʻkib qolgan taxta,
-
Kecha yomgʻir yoqqan, yer boʻkib yotgan boʻlishiga qaramay, gʻoʻzapoya sugʻurishga tushishdi. Oydin, Yuragida oʻti bor
-
Gugurt quti ham qozonsochiq ostida boʻkib yotgan ekan, suv yuziga qalqib chiqdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. Suv shimib, shilta, shalabbo holatda boʻlmoq, ivimoq.
-
Yomgʻirda boʻkkan Safar oʻzini torgina, oldi ochiq yoʻlakka olib, eshikni zanjirladi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
opaning boʻkib ketgan ust-boshiga qarab, Yunusalining yuragi achishdi. Oʻ. Hoshimov, Kamalak
3. Keragidan ortiq ovqat yeb, qorni shishib, oʻzini koʻtara olmay qolmoq.
-
Oldimda togʻ-togʻ ishlar tursin-u, men, boʻkib qolgan sigirdek, oyogʻimni uzatib yotaymi? Oʻ. Umarbekov, Yurak soʻzlari
-
Xalfaning hovli kezib, u yoqdan-bu yoqqa yurayotganini koʻrgan Meliqul ota hayron boʻldi. Bu badnafs boʻkib qoldi, shekilli, deb oʻyladi. Yo. Shukurov, Qasos
-
Boʻkib qoldingmi, ochofat, tur oʻrningdan, tert tayyorla. R. Fayziy, Hazrati inson
BO‘K so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘k so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar