bo‘kir
bilan ulashing
1. Ovozi boricha baqirmoq, hayqirmoq.
-
Boyib ketsang, boʻkirma, Yoʻl yurganda soʻkinma. Maqol.
-
Egamberdiyev mast tuyaday boʻkirdi. A. Muhiddin, Hadya
-
Ollobergan tagʻin bir marta dahshat bilan: Ayt, ayt, manjalaqi! deb boʻkirdi-da, xotinining sochini boʻyniga oʻrab boʻgʻmoqchi boʻldi. N. Aminov, Qahqaha
2. Oʻkirmoq (asosan, hayvonlar haqida).
-
Juma kuni, qoʻylar maʼragan, tuyalar boʻkirgan, otlar kishnagan. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
hoʻkiz ikki marta ustma-ust boʻkirsa, oʻlib qolsa, nima qilaman deb, kechasi bilan jin-chiroq koʻtarib chiqaman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Ovozi boricha, bor ovoz bilan baqirib yigʻlamoq, uvvos tortmoq.
-
Bahrombek marhumning jonsiz gavdasini quchoqlab, boʻkirib yigʻlar, na xotiniga, na bolalarining faryodiga quloq solardi. Yoshlik
-
Turolmadi Xoliyor, Yigʻlab berdi boʻkirib Oysuluv
4. koʻchma poet. Qattiq, shovqinli tovush chiqarmoq (texnika va jonsiz narsalar haqida).
-
Ishonmasang, oʻq otib koʻrgil — boʻkirvorar sanoqsiz qoya. Sh. Rahmon, Yurak qirralari
-
yel ketma-ket boʻkirar, bunga chiday olmagan shox-shabbalar qars-qars sinar, keksa yogʻochlar gʻiyq-gʻiyq etib, yolvorish tovushi chiqarar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Gaz hamon boʻkirib yonar, kuygan temirlarni chiqarish davom etardi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Tanklar oʻkirib, avtomatlar boʻkirib, gʻiz-gʻiz oʻtib turishardi. N. Safarov, Olovli izlar
BO‘KIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎКИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘kir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar