boylik
bilan ulashing
1. Boy boʻlishlik, boy mavqeyi; mol-mulkning yigʻindisi, majmui; moʻllik.
-
Ota boyligi yerga singar, Mehnat boyligi — elga. Maqol
-
Bu yigit yaxshigina davlatmand boʻlsa ham nima uchundir, boyligi bilan boʻlmay, Homid xotinboz deb shuhratlangan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Hovli sahniga, ayvonlarga sep yoʻyildi. Sepning boyligi, turi, rang-barangligi hammani hang-mang etdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yirikroq toshlar hukmronlik va boylik ifodasi sanalgan. S. Karomatov, Oltin qum
2. Dunyo, davlat, mol-mulk.
-
Muhabbat boylikka boqmas. Maqol
-
Roʻzgʻor oʻlchov bilan, Boylik tejov bilan. Maqol
-
Oʻn olti ming qoʻy, ikki yarim ming yilqi hazilakam boylik emas. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Boylik bor joyda samimiylik oʻrnini soxtalik egallaydi. F. Musajonov, Himmat
3. Tabiiy, moddiy resurslar majmui.
-
Yer osti boyliklari. Moddiy boyliklar. Tabiiy boyliklar. Qazilma boylik.
-
Endilikda Oʻzbekiston ulkan tabiiy boyliklar, koʻpdan-koʻp noyob sanoat mahsulotlari vatanidir. Saodat
-
Oʻlkamiz tabiiy boyliklarini oʻrganish ishiga nufuzli olimlarimiz salmoqli ulush qoʻshmoqdalar. Gazetadan
-
Endilikda insoniyatga zarur moddiy boyliklarning uchdan ikki ulush i ayol qoʻli, ayol aql-zakovati bilan yaratiladi. Gazetadan
4. Aqliy, ruhiy, maʼnaviy faoliyat hosilasi, majmui.
-
Milliy boylik. Madaniy boylik. Maʼnaviy boylik. Aqldan ortiq boylik yoʻq. Maqol
-
Tarixiy va madaniy yodgorliklar — bizning milliy boyligimiz, cheksiz faxrimizdir. Gazetadan
-
Xalq oʻz tilini eng ulkan milliy boylik sifatida asrashi kerak. Gazetadan
BOYLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОЙЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boylik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar