brigada
bilan ulashing
1. Bir necha polk, batalon yoki diviziondan va maxsus qoʻshinlar boʻlinmalaridan, dengiz flotida esa bir necha turdagi harbiy kemalardan iborat harbiy-taktik qoʻshilma.
-
Tankchilar brigadasi. Brigada qoʻmondoni.
-
Brigadaning jangchilari koʻtarinki ruh bilan hujumga oʻtdi. T. Rustamov, Mangu jasorat
2. Mehnatning muayyan bir turini birgalikda bajarish uchun tuzilgan va ish natijasi uchun umumiy javobgar boʻlgan jamoa, mehnatchilar guruhi.
-
Paxtachilik brigadasi. Oilaviy brigada. Binokorlik brigadasi.
-
Toʻqayda ishlagani xillangan odamlardan maxsus brigadalar tuzildi va bu brigadalarning har biriga bittadan gusenitsami traktor berildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Raisning mashinasi sabzavotchilik brigadasi tomon burilib ketdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
3. so‘zlashuv tili Brigada boshligʻi; brigadir.
-
Kimsanoy boʻlganda, hozir brigada boʻlar edi. Gʻayratli, oriyatli juvon edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
BRIGADA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БРИГАДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
brigada so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar