bu
bilan ulashing
1. (joʻnalish kelishigida bunga, oʻrin-payt kelishigida bunda, chiqish kelishigida bundan)
2. Soʻzlovchiga yaqin, uning koʻz oʻngidagi, oldidagi, yonidagi yoki qoʻlidagi narsani, kimsani bildirib keladi yoki oʻshanga ishora qiladi.
-
Bu kishi — bizning oʻqituvchimiz.
-
Men uchun endi bu jahonda yolgʻiz siz borsiz, xolos! O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Bu niyat uning xotini Sobiraxonga juda maʼqul boʻldi. A. Qahhor, Asarlar
-
— Sen oʻgʻlimsan, — Yoʻlchiga mehr bilan tikildi chol, — bu ojiza — qizim. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Qarama-qarshi ikki narsadan birini yoki biror tomonni koʻrsatish uchun xizmat qiladi.
-
Koʻchaning bu betidagi uy. Daryoning u betidan bu betiga suzib oʻtmoq.
-
Dushman oʻq yegan toʻngʻizday, oʻzini u yoqdan bu yoqqa urar edi. A. Qahhor, Asarlar
-
U yoqni qaradik, bu yoqni qaradik — yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Chogʻishtiriladigan ikki narsa, kimsa, voqea, hodisa va shu kabilardan birini koʻrsatish uchun xizmat qiladi.
-
U boshqa, bu boshqa. Undan bu yaxshi.
-
Birovga u dedi, birovga bu dedi Xullas, yoʻnma sheʼrini bostirishga muyassar boʻldi. Mushtum
5. Soʻz borayotgan paytga yoki unga yaqin fursatga ishora qiladi.
-
Bu kunlarda Boʻtaboy butun roʻzgʻor oʻziga qolgan yosh yigitchaday boʻlib qoldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bu kecha Shoqosim juda xursand edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bu yil yogʻin-sochin koʻp boʻlib, yer-koʻk chamanday yashnab ketdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
bu soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bu oʻrtada
-
Bu oʻrtada magazin yoʻqmi?;
-
Endi sotishga hech narsam qolmagan edi. Bu oʻrtada dadam qazo qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
Buning ustiga
-
— Rahmatli erim mardikor edi, — dedi kampir, — yozda topgani qishga yetmas edi. Buning ustiga dardga chalinib, ertaroq ishdan chiqib qoldi. Uni boqdim. Oybek, Tanlangan asarlar
Sizdan ugina, bizdan bugina
U yoqdan kirib, bu yoqdan chiqmoq
Undan-bundan
-
Undan-bundan soʻrab bilmoq;
-
Undan-bundan gaplashib oʻtirmoq.
Uni qoʻy, buni qoʻy
-
Uni qoʻy, buni qoʻy, qachon yoʻlga chiqamiz?
U emas, bu emas
-
U emas, bu emas, ayb oʻzingda.
yuklama Gapdagi maʼnoni kuchaytirish, taʼkidlash uchun xizmat qiladi.
-
Bu deyman, ishlar yirik ekan-da!
BU so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
BU so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan BU so‘ziga berilgan ma’nolar
bu so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
bu so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar