butunlay
bilan ulashing
1. 1 Tamomila, tamoman, batamom.
-
Bu butunlay boshqa gap. Sizni butunlay unutibman.
-
U ishga butunlay shoʻngʻib ketdi. T. Ashurov, Oq ot
-
Doʻstmatov dovdirab, butunlay oʻzini yoʻqotib qoʻydi. S. Ahmad, Ufq
-
Uning ovozidagi bu yaqinlik Nodirani butunlay eritib yubordi. S. Zunnunova, Yangi direktor
2. Qatʼiyan, uzil-kesil.
-
Chekish butunlay man etilgan.
-
Qurbon ota MTSdan javob olib, Kapsanchilarga butunlay koʻchib keldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. 3 (boʻlishsiz feʼllar bilan) Sira, aslo, hech.
-
Butunlay qoʻrqmayman.
-
Oqila bilan Bahodir bir-birlari bilan butunlay gaplashmay qoʻydilar. M. Jaloliddinova, Keyinroq
BUTUNLAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУТУНЛАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
butunlay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar