chatish
bilan ulashing
1. Chatmoq feʼlining birgalik nisbati.
2. Duragay boʻlmoq, duragaylashmoq.
-
Chatishgan mollar.
3. Uzoq qarindoshlik munosabati bilan bogʻlanmoq.
-
— Ahmad Yassaviy balki bizning pirimizga chatishgan qarindoshdir? — soʻradi majlis ahlidan biri. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Asli ular bilan Anziratlarning chatishgan joyi bor — qarindosh. Yoshlik
4. Bir-biri bilan qoʻshilib, birlashib ketmoq.
-
Boboqayragʻochning oʻzaro chatishib ketgan shoxlariga boqib, islomiy moʻjiza, deb oʻyladi yigit. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Bepoyon dalada bir botir uxlar: Sochlari chatishib ketgan giyohga. X. Davron
5. koʻchma Oʻzaro qoʻshilmoq, birlashmoq.
-
Xorazm vohasi oʻzbek dostonchiligining oʻziga xos, epik anʼanalar chatishib ketgan etnik regionlaridan biridir. OʻTA
-
Avazning gapida yengil kinoya bilan samimiy ehtirom nozik bir usulda chatishib ketgan edi. S. Siyoyev, Avaz
CHATISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАТИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chatish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar