chatoq
bilan ulashing
1. Qoniqarsiz, yomon; yaxshi emas. Qarang, qanday ajoyib xislatlarim bor. Lekin siz ishga olmaysiz meni. Chunki menga ishonmaysiz —
-
oʻtmishim chatoq-da. Yoshlik
-
Talʼat: Yaxshi gapirdingiz Faqat mashina uchramagani chatoq boʻldi-da. Aksiga yuradi oʻzi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Mushkul, qiyin.
-
Tantiboyvachchaning nafasi ichiga tushib ketdi, lekin bu oʻngʻay-siz, chatoq ahvoldan qutulish uchun oʻzini bilmaslikka oldi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Xato, notoʻgʻri.
-
tabelchi ham xuddi joʻrttaga qilganday, uning nomini yo tu-tilib aytar yoki chatoq oʻqib, ikki marta takrorlar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Lekin yosh bolani —
-
tabibning oʻgʻlini yantoq bilan savalaganim chatoq boʻlgan ekan. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
4. koʻchma Qaysar, oʻjar; qitmir, ishkal qidiruvchi.
-
Yer toʻgʻrisida bir chatoq odam bilan sudlashib yurgan edi, sud ishni buning zarariga hukm qilganmikan, deb oʻyladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Umar:] Umuman, ehtiyot boʻling, sizni koʻrolmaydiganlar koʻp. Haligi indamas Vahob ham chatoq. Gazetadan
chatoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ahvol (yoki ish) chatoq
-
— Qozon qaynamay qoldi, oshna, ahvol chatoq, — dedim. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ishlar chatoq, hamma narsa chappasiga aylanib ketibdi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Chatoq qilmoq yoki chatogʻini chiqarmoq
-
Darvesh gov yana bu yerda ham tilini tiymay chatoq qildi. Barcha beklarni yomon-lab, qargʻab, olovga moy sepdi! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
— Shodiyorga ayting, koʻpam aylanishmasin, tutsam, chatoq qila-man, — dedi Togʻay. Yoshlik
CHATOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАТОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chatoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar