ko‘rmana
bilan ulashing
1. Kelinni yoki yangi tugʻilgan bolani birinchi marta koʻrishda yaqin kishilar, qarindosh-urugʻlar tomonidan beriladigan sovgʻa.
-
Koʻrmana bermoq.
-
Toychogʻimning koʻrmanasini chiqar, dadasi, — dedi [Oʻzbek oyim]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Olim boʻlgan doʻstining tabrigi hamda kelin koʻrmanasi deb, ixchamgina, chiroyli bir magnitofonni koʻtarib, Sobirjon kirib keldi. D. Nuriy, Osmon ustuni
2. Koʻrish (koʻrgazma) uchun qilingan.
-
Baʼzi serhasham, yaltiroq, koʻrmana uchun qurib qoʻyilgan shiyponlardan emas. R. Fayziy, Asad libosi
-
Baʼzilar Bu mashina koʻrmana uchun qoʻyilarmish desa, baʼzilar Toʻppa-toʻgʻri Moskvaga [koʻrgazmaga] yuborilarmish, deb oʻyladi. I. Rahim, Zangori kema kapitani
KO‘RMANA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎРМАНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘rmana so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar