ko‘rsatgich
bilan ulashing
1. Koʻrsatish uchun xizmat qiluvchi yozuv, strelka va shu kabilar
-
Yoʻl koʻrsatkich. Koʻrsatkich barmoq.
2. Biror narsaning rivoji, darajasi, ishning borishi, bajarilishi va shu kabilarni bildiruvchi belgi yoki narsa, natija.
-
Xalq xoʻjaligi taraqqiyotining koʻrsatkichlari. Talabalar imtihonlarda yuqori koʻrsatkichlarga erishdilar.
-
Albatta, ishimizga baho berar ekanlar, eng oldin koʻrsatkichlarimiz va soʻngra ahvolimizni hisobga oladilar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Bunday yuqori koʻrsatkichlarga erishishda tajribakor keksalarning qoʻshayotgan hissalari kattadir. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
3. tilshunoslik Biror kategoriyaga taalluqlilikni koʻrsatib turuvchi belgi; qoʻshimcha.
-
Grammatik koʻrsatkich. Egalik koʻrsatkichi.
KO‘RSATGICH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎРСАТГИЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan KO‘RSATGICH so‘ziga berilgan ma’nolar
ko‘rsatgich so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
ko‘rsatgich so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing