ko‘rsatkich
bilan ulashing
1. Koʻrsatish uchun xizmat qiluvchi yozuv, strelka va shu kabilar
-
Yoʻl koʻrsatkich. Koʻrsatkich barmoq.
2. Biror narsaning rivoji, darajasi, ishning borishi, bajarilishi va shu kabilarni bildiruvchi belgi yoki narsa, natija.
-
Xalq xoʻjaligi taraqqiyotining koʻrsatkichlari. Talabalar imtihonlarda yuqori koʻrsatkichlarga erishdilar.
-
Albatta, ishimizga baho berar ekanlar, eng oldin koʻrsatkichlarimiz va soʻngra ahvolimizni hisobga oladilar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Bunday yuqori koʻrsatkichlarga erishishda tajribakor keksalarning qoʻshayotgan hissalari kattadir. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
3. tilshunoslik Biror kategoriyaga taalluqlilikni koʻrsatib turuvchi belgi; qoʻshimcha.
-
Grammatik koʻrsatkich. Egalik koʻrsatkichi.
KO‘RSATKICH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎРСАТКИЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘rsatkich so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar