ko‘rpa
bilan ulashing
1. Yotganda, uxlaganda, sovuqdan saqlanish uchun ustga yopiladigan, chorburchak gʻilof ichiga paxta solib qavilgan roʻzgʻor buyumi.
-
Duxoba koʻrpa. Shohi koʻrpa. Koʻrpa qavimoq. Koʻrpaga burkanmoq.
-
— Ustimga koʻrpa tashla! — dedi xotiniga u, titroq tovush bilan. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Ular [hokimlar] yumshoq shohi koʻrpalarda agʻanab, pishillab uxlashmoqda. Mirmuhsin, Meʼmor
2. koʻchma Umuman, ustni, yuzani qoplagan narsa.
-
Kechagi qor tingan, hududsiz dalalar oppoq koʻrpa ostida jimgina orom olmoqda. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Osmondan varillab samolyot oʻtib ketdi. Koʻlankasi yoʻllar, bogʻlar, tosh va ariqlar, daraxtlarning koʻrpa boʻlib yotgan yashil yaproqlari ustidan sudralib boryapti. S. Nurov, Narvon
ko‘rpa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir koʻrpada katta boʻlmoq
-
Shunday paytda Kolya — Qudratning bir koʻrpada katta boʻlgan ogʻaynisi — joniga ora kirardi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
Koʻrpa koʻtardi
-
. Malay, yugurdak
-
Oʻrinboy qalachining gumashtasi va koʻrpa koʻtardisi boʻlgan bir kishi faol kolxozchi boʻlmas. S. Ayniy, Qullar
Koʻrpaga qarab oyoq uzatmoq
-
Siz uchun xijolat chekishni istamayman. Hammamiz ham koʻrpaga qarab oyoq uzatganimiz yaxshi. S. Abdulla, Soyalar
Koʻrpa (-yostiq)ni koʻtarmoq
-
Uchar bu yerdan ham koʻrpa-yostigʻini koʻtardi.
-
Oramizga sovuqlik tushadi, mana bu yomon narsa. Keyin men koʻrpa-yostigʻimni koʻtarib, qay eshikka boraman? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bir kuni boybuva arzimagan sabab bilan urish chiqardi-da, Xolboyga qarab: — Koʻrpangni koʻtar, gadolar. Toʻrt tomoning qibla! — deb darvozani koʻrsatdi. K. Yashin, Hamza
KO‘RPA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎРПА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘rpa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar