himoyachi
bilan ulashing
1. Qoʻllab-quvvatlovchi, yordam beruvchi; homiy.
-
Otaxoʻja akaning gapida jon borligini tushunib, korandalar jim oʻtirar, endi ularning himoyachisi borligi dalda berardi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Darhaqiqat, himoyachi akalari tufayli uning doʻppisi doimo qaytoqi. Mushtum
2. Hujum, bosqin va shu kabilardan qoʻriqlovchi, himoya qiluvchi.
-
Vatan himoyachilari.
-
Samarqanddan qaytgan chopar Boburning hayot bilan oʻlim orasida behush boʻlib yotganini aytib bergandan keyin, qalʼa himoyachilarining bir qismi fitnachilar tomonga qochib oʻtib ketdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Armiya harbiy sovetining murojaati, ayniqsa, kichik yer himoyachilarining kuchiga kuch, gʻayratiga gʻayrat qoʻshdi. T. Rustamov, Mangu jasorat
3. huquq Sudda ayblanuvchining manfaatini yoqlovchi, uni himoya qiluvchi.
-
Jamoat himoyachisi.
-
Tergov, surishtiruv organlari tomonidan olib borilgan taqdirda, himoyachining ishda ishtirok etishi man etiladi. Gazetadan
4. sprt. Komandaning himoya qismida oʻynovchi.
-
Bolalar koʻchani boshlariga koʻtarib, changitib, koptok tepishardi Ikki tomonning darvozaboni, hujumchi-yu himoyachilari bor. R. Fayziy, Hazrati inson
-
Bu oʻyinda hamshaharlarimiz tarkibida himoyachi Nikolay Maslov birinchi marta oʻyinga tushdi. Gazetadan
5. Dissertatsiya, loyiha va shu kabilarni himoya qiluvchi, yoqlovchi.
-
Himoyachi oʻz qarashlarini ishonarli dalillar bilan asoslab, savollarga toʻliq va aniq javob berdi. Gazetadan
HIMOYACHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲИМОЯЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
himoyachi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar