himm
bilan ulashing
1. undov so‘z Taajjub, shubha, ishonmaslik, kesatish, piching kabilarni bildiradi.
-
— Sen avval sekin daromad qilsang, yaxshi boʻlar edi. — Himm — dedi Soraxon labini burib. A. Qahhor, Sarob
-
— Himm, — dedi maxdum, — qishlogʻingizda oqsoqol yoʻqmi? A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Bir fikr bildirishda qiynalishni, ikkilanishni, tutilishni bildiradi.
-
[Baqoyev:] Turgan gapki, Chexovning ijodi boshdan-oyoq, butun mohiyati bilan ilk burjuaziya realizmi, yaʼni himm. A. Qahhor, Adabiyot muallimi
3. Biror narsani tushunib yetganlikni, undan qanoat hosil qilganlikni, mamnun boʻlganlikni ifodalaydi.
-
Men kasalning boshlanish jarayonini uzoq hikoya qila boshladim. U ora-chorada himm, yaxshi-yaxshi, himm, bezarar, oʻtib ketadi, deya qoʻyardi. N. Aminov, Qaltis xato
HIMM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲИММ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
himm so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar