himar
bilan ulashing
1. Eshib yoki burab yigʻishtirmoq, qaytarmoq; shimarmoq.
-
Abulziyo qoʻltigʻidan ogʻir shohi xaltacha chiqardi-da, xalta ogʻzini himarib, Majdiddinning oldiga sharaqlatib qoʻydi. Oybek, Navoiy
-
Sultonov koʻzlarini ochib, shimining pochasini asta himarib, koʻtara boshladi. M. Mansurov, Yombi
2. Eshib, burab pishitmoq.
-
Kampir qoʻlidagi paxtani himarib, qora chiroqqa pilik tayyorladi. Ertaklar
-
U ip uchini tishlab uzib, barmoqlari bilan himarib, durni ipga tizarkan, gapini loqayd davom ettirdi. Mirmuhsin, Qumri va Tamanno
3. Toʻgʻrilash, tartibga solish yoki shunchaki ermak tarzida barmoqlari orasida olib buramoq, oʻynamoq.
-
Tansiq havorang roʻmolchasining uchini himarib, uning ishidan koʻz uzmaganini payqadi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
-
Labini yalab, soqolining uchini himarganicha, bir nafas indayolmay qoldi. S. Zunnunova, Olov
-
Rassom dasturxon popugini himargancha, Togʻaning tomidan koʻz uzmay oʻtirar edi. Q. Kenja, Notanish gul
HIMAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲИМАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
himar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar