himoya
bilan ulashing
1. Hayot, ish-faoliyatda boʻladigan yordam, qoʻllab-qoʻltiqlash; homiylik, panoh.
-
Podshoh hazratlari meni sizning himoyangizga topshirgan edilar! Agar bosqinchilarni topib jazo bermasangiz, men podshoh hazratlarining huzurlariga panoh istab ketishga majburmen! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
U hazratning ukalari Boysunqur mirzo otamlarni va ustoz Qavomni oʻz himoyalariga olganlar. Mirmuhsin, Meʼmor
-
U Boburning otasi oʻrniga hukmdor boʻlganini eshitib, undan himoya soʻrash niyatida arkka borgan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Xavf-xatar, hujum kabilardan saqlash, qoʻriqlash ishi; muhofaza, mudofaa.
-
Har kuni biror uydan kimdir xayrlashgani kirardi. Qishloqning sara yigitlari armiyaga — Vatan himoyasiga ketdilar. I. Raxim, Chin muhabbat
-
Himoyada yotgan odamlarga tungi hujum va shovqin-suron ogʻir taʼsir qilishini Shayboniyxon yaxshi bilar edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. Umuman, biror xavfli, zararli narsa-hodisadan saqlash, saqlanish ishi.
-
Reaktor suv qatlami, temir halqa va beton devordan tashkil topgan kuchli himoya vositasi bilan oʻralgan. Fan va turmush
-
Mexanizator kabinadan tushib, himoya toʻsiqlarini yana bir karra tekshirib koʻrdi-da, rulga oʻtirdi. Gazetadan
4. sprt. Futbol, voleybol kabi oʻyinlarda komandaning raqib tomon hujumini qaytarish vazifasini bajaruvchi qismi.
-
Bu oʻyin komandaning himoyasida yetarli muammolar borligini koʻrsatdi.
-
Bunday komanda bilan himoyada turib oʻynash hazilmi? Biror xatoga yoʻl qoʻyding — baloga qolasan. R. Azizxoʻjayev, Yashil chayla
5. huquq Sudlanuvchi tarafini olib qilinadigan xatti-harakat, aytiladigan fikr-mulohaza; oqlovchi tomon.
6. Ilmiy kengash yoki maxsus komissiya muhokamasiga taqdim etilgan ishda (dissertatsiya, loyiha va shu kabilarda) olgʻa surilgan qarashlar, fikr-mulohazalarning eʼtirof etilishi va tegishli ilmiy daraja yoki unvonni olishga harakat qilish ishi.
-
Loyihani himoyaga qoʻymoq.
-
Poshsha xolaning koʻngli joyiga tushdi. Kuyovining kandidatlik himoyasi kuni oldingi qatorda savlat toʻkib oʻtirdi. D. Nuriy, Osmon ustuni
himoya soʻzi qatnashgan jumlalar:
Himoya qilmoq
-
Podsholik hamma vaqt yurtning obroʻli odamlarini himoya qiladi. Choʻlpon, Kecha va kunduz;
-
Vatanni himoya qilmoq.
-
Yurtni bosqinchidan himoya qilish — hammaning ishi! Mirmuhsin, Meʼmor;
-
Asalni muntazam isteʼmol qilib turish kishini koʻp kasalliklardan himoya qiladi, yuqumli kasalliklardan asraydi. M. Toʻychiyev, Asalarichilik;
-
Bokschimiz hujum bilan birga himoya qilishni ham esdan chiqarmaydi
-
Doktorlik dissertatsiyasini himoya qilmoq.
HIMOYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲИМОЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
himoya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar