hiqildoq
bilan ulashing
1. Nafas yoʻlining (burun boʻshligʻidan keyin) ikkinchi qismi; ovoz hosil qiluvchi aʼzo (kekirdakka havo oʻtishini taʼminlaydi va unga qattiq, suyuq moddalar tushishiga toʻsqinlik qiladi).
2. Boʻyinning old qismi; boʻgʻiz, tomoq.
-
Shu vaqt uning [Mutalning] qoʻltigʻi ostidan uzatilgan qoʻl hiqildogʻidan ombir kabi siqib oldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
hiqildoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
(Joni) hiqildogʻiga kelmoq (yoki yetmoq)
-
Bu axborotchi amaki Halimaning hiqildogʻiga kelgan. U pok-u boshqalar suyugʻoyoq, u bilimdon-u boshqalar nodon Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
U vaqtda mashina yaxshi, toza termas edi. Shermat akaning esa joni hiqildogʻiga kelar edi. A. Hayitmetov, Shonli avlod
-
Nihoyat, sen aytgandek, jonim hiqildogʻimga yetdi-da, oʻgʻlingni yoʻldan qaytarib qolguvchi ham men oʻzim boʻldim A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
HIQILDOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲИҚИЛДОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hiqildoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar