hiqilla
bilan ulashing
1. Hiq-hiq etgan ovoz chiqarmoq.
-
Hiqillab yigʻlamoq.
-
Nurxon hiqillab, koʻzlarini arta boshladi. O. Yoqubov, Larza
-
Nizomjon koʻp gapirmoqchi edi, oʻpkasi toʻlib, gapi tomogʻidan chiqmay, hiqillab qoldi. S. Ahmad, Ufq
-
U hiqichoq tutgan kabi hiqillab, yutina-yutina tashqariga chiqdi. Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar
2. Yetishish, erishish talabida boʻlmoq, shu maqsadda qattiq zorlanmoq.
-
Men shaharni hech koʻrgan emas edim. Shuning uchun, onam qayoqqa borsa, shu yoqqa ketidan ergashib, hiqillab borardim. Oydin, Doʻndiqdan ham yosh ekan
-
Qumriniso oʻlgur Burushgan, tirishgan basharamizni koʻrgani kim hiqillab turgan ekan, deb qochib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
HIQILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲИҚИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hiqilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar