hilvira
bilan ulashing
1. Zaif, nimjon holga kelmoq, zaiflashmoq.
-
Bu jangovar voqealarni eslar ekan, kampirning hilviragan ozgʻin tanasida goʻyo yoshlik qoni birdan joʻsh urganday boʻldi. S. Anorboyev, Doʻstlar
-
— Yigʻlamang, buvi, xudoning irodasi, — dedi Gʻulomjon, bunday gaplar onasining hilviragan qalbiga malham boʻlmasligini bilsa ham. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Avaz ustodning salqigan qovoqlariga hilviragan barmoqlariga razm soldi. Uning barmoqlari bilinar-bilinmas titrardi. S. Siyeyov, Avaz
2. Eskirib, nochor holga kelmoq, futuri ketmoq; toʻzmoq.
-
Hademay darchada Oʻtar boboning hilviragan sariq toʻni koʻrindi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Eskirib, qirralari hilvirab ketgan daftarning muqovasiga chiroyli harflar bilan Xolida deb yozilgan edi. U. Umarbekov, Koʻk daftarning siri.
3. so‘zlashuv tili Hilpiramoq.
-
Ha, atlaslarni kiyib olib, Hilvirab kelasiz-a bizga. Qoʻshiqlar
HILVIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲИЛВИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hilvira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan HILVIRA so‘ziga berilgan ma’nolar
hilvira so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar