chilla
bilan ulashing
1. Yilning eng issiq yoki eng sovuq qirq kuni.
-
Chilla kirdi. Chilla chiqdi.
-
Hali barvaqt boʻlishiga qaramay, chilla emasmi, quyosh yonib bosh koʻtarmoqda edi. Sharq yulduzi
2. etn. Bola tuqqan yoki tugʻilgandan, qiz turmushga chiqqandan, yigit uylangandan, marhum koʻmilgan kundan keyingi qirq kunlik davr: turmushdagi baʼzi hodisa-holatlarning eng ogʻir, xatarli yoki masʼuliyatli davri.
-
Chaqaloqning chillasi chiqqach, yangi uyga koʻchib bordilar Yoshlik
-
Xalq tabobatida chilla davri qirq kun hisoblanib, shundan yigirma kuni kichik chilla, yigirma kuni katta chilla deyiladi OʻzME
3. din. Sufiy yoki muridning yakka oʻzi alohida xona (hujra)da, odamlardan yashirinib, qirq kun davomida toat-ibodat qilishi.
chilla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yoz chillasi yoki yozgi chilla
-
Avgust — yoz chillasi. Mening shahrimning oʻtkir quyoshi yalligʻi naq yondiryapti. H. Nazir, Maftuningman, Ozarbayjon
Chilla suvi
Qish chillasi yoki qishki chilla
-
Qish chillasi ancha ogʻir keldi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
[S. Toʻychiboyev]
-
Qish chillasi tong saharda fermaga qarab yoʻl oldi. Mushtum
Chilla yara
-
Shuhratning boshiga, boʻyniga chilla yara chiqib, olti oyga choʻzildi. Q. Kenja, Togʻ yoʻlida bir oqshom
Chillasi chiqmagan
-
Kelar hafta tugʻuruqxonadan chiqadi yangangiz. Shunga, chillasi chiqmasayam mayli, bir ziyofat qilmoqchi edik. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
-
Qirq marta aytdim, hov kelin, qishloqning ogʻzi yomonlari bor, kuladi, hech boʻlmasa, chillangiz chiqquncha shu zormandani kiyib, ishga boring, deb. Yoshlik
Chilla oʻtirmoq
-
Chillaga oʻtirgan shunda qirq kun shayx, Daf qil, deya soʻrab xudodan uni. T. Toʻla
-
Chilla oʻtirish vaqti dindor tomonidan oldindan niyat qilingan boʻladi. OʻzME
Chilla(ga) oʻtqazib ketmoq
-
Ipak-atlas karvoniga bosh boʻlgan savdogarlar kosiblarni chillaga oʻtqazib ketardilar. N. Yusufiy, Fargʻona shoʻx kuladi
CHILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar