chilparchin
bilan ulashing
ravish Parcha-parcha, mayda-mayda; chil-chil.
chilparchin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chilparchin boʻlmoq
-
Oyna chilparchin boʻldi.
-
Shavkat hozir eng yuqori qavatda, yerdan judayam balandda ekanliklarini, bu yerdan yiqilgan odam chilparchin boʻlishini oʻyladi. Q. Kenja, Togʻ yoʻlida bir oqshom
-
Yov chilparchin boʻldi. Dushmanning qora niyatlari chilparchin boʻldi.
-
Boʻriyevning qurilishni oʻpirilishdan chiqarishga qaratilgan dadil loyihasi chilparchin boʻldi. A. Muxtor, Tugʻilish;
-
Nafisaning qalbi birpasda chilparchin boʻldi. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar
Chilparchin qilmoq
-
Buxoroning Samarqand darvozasi ham chilparchin qilinib, yoʻl chetlariga uloqtirilgan. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Dushman chilparchin qilindi;
-
Ortiq shu bir ogʻiz gap bilan uning koʻnglini chilparchin qilib tashlaganini sezdi. M. Mansurov, Yombi
-
Nargisxonning jarangdor ovozi xayolimni chilparchin qilib yubordi. Sharq yulduzi
CHILPARCHIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИЛПАРЧИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chilparchin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar