chipta
bilan ulashing
1. Dagʻal buyumlar toʻqish uchun tayyorlangan yupqa tilim-tilim poʻstloq va undan toʻqilgan narsa.
-
Nariroqda atrofi chipta devor bilan oʻralgan qoʻra. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
2. Odatda tokni bagʻazlarga tarab bogʻlash uchun ishlatiladigan poʻstloq tolasi.
-
Chipta bilan bogʻlamoq.
1. so‘zlashuv tili Poyezd, avtobus, samolyot kabi transport vositalarida yurish, uchish huquqini beruvchi bilet.
-
Mana bu gapni eshiting, Andijonga borganimda, Maksimka poyizga [poyezdga] chipta ololmay, nachaylikning [nachalnik — boshliqning] oldiga kirdim. S. Ahmad, Hukm
2. Biror tomoshaxonaga yoki turli sport musobaqalari oʻtkazilayotgan joyga kirish huquqini beradigan rasmiy qogʻoz; bilet.
-
Paxtakorning oʻyiniga chipta qolmabdi.
CHIPTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИПТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chipta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar