chiqar
bilan ulashing
1. Chiqmoq 1-4, 6, 8-10, 12, 13, 21, 24, 26, 27, 29-31, 35-37, 39-41 feʼlining orttirma nisbati.
-
Toqqa chiqarmoq. Varrakni osmonga chiqarmoq. Tramvayga chiqarib qoʻymoq. Esdan chiqarmoq. Esini chiqarmoq. Chetga mol chiqarmoq. Gazlama chiqarmoq. Zavod yiliga minglab traktor chiqaradi. Qaror chiqarmoq. Qonun chiqarmoq. Hukm chiqarmoq. Pul chi-qarmoq. Shira chiqarmoq. Qurilish uchun mablagʻ chiqarmoq. Otni aravadan chiqarmoq.
-
[Oʻzbek oyim:]
-
Toychogʻimning koʻrmanasini chiqar, dadasi! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ammo, endi rohatini koʻradi, endi sizlarni roʻyobga chiqaraman. Oybek, Tanlangan asarlar.
2. Shunday deb hisoblamoq.
-
Birovlar uni modernist dedi, boshqalar donishmandga chiqardi. Yoshlik
3. Feʼl bilan birga qoʻllanib, taxmin, chama maʼnosini bildiradi.
-
Uning [Mirvalining] bu jarlikka kelmaganiga ham besh-oʻn yil boʻlgan chiqarov. S. Ahmad, Jimjitlik
chiqar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Uchini chiqarmoq
-
kursida doimo qogʻoz, uchi yaxshilab chiqarilgan besh-oʻnta qalam tayyor turadi. Gazetadan;
-
Nihoyat, Oshno gapning uchini chiqardi. M. M. Doʻst, Lolazor.
Qiz chiqarmoq
-
Yozda qancha tashvishim bor: qizimni chiqarishim, oʻgʻlimni uylantirishim kerak. Yoshlik.
Qon chiqarmoq
-
[Bekqul.] Birinchi imoratga qon chiqargan edingmi? Yoshlik
CHIQAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИҚАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chiqar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar