chiz
bilan ulashing
1. Chiziq tortmoq, tushirmoq.
-
Toʻgʻri chiziq chizmoq.
-
Bogʻcha bolasi va maktab oʻquvchisi maktabga borish yoki qaytishda koʻchadagi daraxtlarni sindirsa, uy devorlariga chizib oʻtsa N. Safarov, Olovli izlar
-
Shtab boshligʻi Yoʻldosh yasama stolga mukka tushib, nimalardir chizardi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. Tushirmoq, solmoq, tasvirlamoq (rasm yoki soʻz bilan).
-
Rasm chizmoq.
-
Yurtim, suratingni entikib chizsam, Sening suratingni chizsam, onajon! X. Davron.
-
Kumushning bu daqiqadagi holini qalam bilan chizib koʻrsatish, albatta, mumkin emas edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bobur lirikasida maʼshuqa obrazi katta mahorat bilan chizilgan. OʻTA
3. so‘zlashuv tili Tizmoq, qator qilmoq.
-
Qoʻshiq, boston sababin Chizib ketdi bittalab. Gʻayratiy
-
[Hoji] Otabekni epaqaga olish uchun unga kulgi tuyulgan bir qancha nasihatlarni chizdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. koʻchma Koʻrsatmoq, koʻrsatib bermoq (yoʻl, reja va shu kabilarni).
-
Men bir vaqt senga yoʻl chizib bergan edim-ku, shundan chiqma: Paxtani birinchi qoʻldan ol. Dehqonlarga pulni qishda tarqat. Pul bilan oyogʻiga kishan ur. Oybek, Tanlangan asarlar
chiz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yer chizib qolmoq (yoki oʻtirmoq)
-
Qambar aka qizarib, yer chizib oʻtirar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Yusuf yer chizib, qilt etmasdan oʻtirardi. Yoshlik
CHIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar