cho‘lpi
bilan ulashing
1. Ayollarning sochga taqiladigan yoki koʻkrakka tushirib yuriladigan, kumush yoki oltindan yasalgan ziynat buyumi.
-
Shol roʻmol oʻragan kad-xudo onalarning yelkasida kumush choʻlpi jiringlaydi. S. Siyoyev, Avaz
-
Sora kampirning sochi uchidagi choʻlpilari shiqirlab, yuqoriga koʻtarildi. Yoshlik
-
keksa kishi bir juft kumush choʻlpi bilan tillaqosh oʻtkazib, evaziga yarim xaltagina un oldi. S. Anorboyev, Sayli.
2. sheva Chovlisimon savatcha.
-
Laqqa baliqlar shu qadar koʻpki, choʻlpi suvga tiqilsa bas, toʻlib chiqaveradi. E. Samandar, Tanfi qudugʻi
CHO‘LPI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЎЛПИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
cho‘lpi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar