cho‘m
bilan ulashing
1. Suyuqlikka, suvga yoki yumshoq narsaga botmoq, choʻkmoq, koʻmilmoq.
-
Suvga choʻmmoq.
-
Saodat ich koʻylagiga bir oz atir sepib olgach, oq choyshablar orasiga kirib, paryostiqqa choʻmdi. I. Rahim, Ixlos
-
Bir kun tomchi boʻlib, abadiyat Dengiziga choʻmib ketaman. Uygʻun
2. koʻchma Berilmoq, koʻmilmoq, botmoq.
-
Xayolga choʻmmoq.
-
Munchoq koʻzlaringni tikib turarding, Choʻmsam xayollarga goho, kakligim. A. Oripov
-
Xayolga choʻmgan kishiga oldidagi haqiqatdan yiroqlarda boʻlgan xayoliy hur-gʻilmonlar ortiqcha lazzatlikdir. A. Qodiriy, Kichik asarlar
3. Yuzaga kelmoq; qaror topmoq; choʻkmoq.
-
Yodgor jiddiy sukunat choʻmgan zalga qarab qoʻydi. Oʻ.Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. koʻchma Koʻmilmoq, qoplanmoq.
-
Qiygʻos gulga choʻmar har bitta ogʻoch. Saodat
-
Abror oy nurlariga choʻmgan sahrodan qaytayotib, oʻzini xuddi oy sathida ketayotgan odamdek his etdi. O. Muxtor, Egilgan bosh
CHO‘M so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЎМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
cho‘m so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar