chopon
bilan ulashing
1. Kiyim ustidan kiyiladigan, ichiga paxta solib qavilgan uzun milliy kiyim; toʻn.
-
Beqasam chopon. Paxtali chopon. Zarbof chopon. Chopon kiygizmoq.
-
Baʼdazon osh tortilib, andin soʻng faqirga zarrin chopon va yana jigʻalik salla keldi. A. Qodiriy, Kichik asarlar
-
Ziyrak chol uyqudan uygʻonib sahar, Yangi choponini tashlar yelkaga. Mirtemir
-
Yusufbek hoji egnida kimxob chopon bilan oʻrdadan chiqdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. k. Toʻn.
chopon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir choponi (yoki toʻni) ikki boʻlmadi
-
Uzingiz bilasiz, toʻrt yildan beri bu yerda ishlayman, tinim yoʻq, ishdan boshim chiqmaydi. Lekin hali ham bir choponim ikki boʻlmadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Choponini teskari kiymoq
Eski choponlar
-
Eski choponlardan bitta-yarimtasi soddalik bilan mabodo kelib qolsa, toʻyboshilarning koʻzlari olayadi. Oybek, Tanlangan asarlar
CHOPON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧОПОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chopon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar