choy
bilan ulashing
1. Bargi damlab ichiladigan, janubiy oʻlkalarda oʻsuvchi doimiy yashil buta daraxti, buta.
-
Choy plantatsiyalari.
-
Choy oʻsimligi 2-3 yoshlik boʻlganda, tuplarga shakl beriladi, yon shoxlar kesiladi. OʻzME
2. Shu oʻsimlikning quritib maxsus ishlangan, maydalangan, damlab ichiladigan barglari.
-
Koʻk choy. Hind choyi. Seylon choyi. Gruzin choyi. Bir damlam choy. Choy quti.
-
Koʻkragimda voyim qoldi, uch yumaloq choyim qoldi. Ergash, Jumanbulbul oʻgʻli.
-
Koʻk choyni koʻk choynakka damlab, koʻk koʻzli, koʻylagi koʻk Karimga berdimi? Tez aytish.
3. Shu oʻsimlikning maxsus ishlangan, maydalangan barglaridan damlangan xushboʻy ichimlik.
-
Bir piyola choy. Achchiq choy. Issiq choy. Yaxna choy.
-
Hindining ichgani asl choy boʻlar. Gulnorpari
4. Shu ichimlik bilan birga ovqatlanish.
-
Ertalabki choy. Tushki choy.
-
Sidiqjon choyni kutmay, ishga ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
[Anzirat xola] Choy mahalida goh kulib, goh yigʻlamsirab, oʻzi, bolalari toʻgʻrisida gapirdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
choy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sut choy
Choy puli
Choy qoshiq
-
Murabbo ola turib, choy qoshiqni tushirib yubordim — kuyov buniyam sezdi. M. M. Doʻst, Lolazor.
Qora choy
CHOY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧОЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
choy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar