demak
bilan ulashing
1. Demoq, aytmoq, gapirmoq.
-
Oz yemak — tan sogʻliq, Oz demak — hikmatga bogʻliq. Maqol
-
Seniki maʼqul demakka bizning tilimiz kelmas, bu soʻzing nooʻrin desak, oʻldirmay qoʻymas. Yodgor
2. krsh s. Yaʼni, bundan chiqdiki, bino-barin.
-
Demak, uni siz yozgan ekansiz-da? K. Yashin, Hamza
-
Demak, yolgʻonchilik kasaliga mubtalo boʻlgan kishini rostgoʻy odamning qoni bilan davolasa boʻladi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
3. kesim vzf. Bilan barobar, ga teng.
-
Farovon hayot — bu goʻzal turmush, osuda, serfayz hayot demakdir. Gazetadan
-
Umr — bu asab tasmalarining — nervlarning yashashi demakdir. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Yoʻlchi uchun Mirzakarimboydan siljish — Gulnordan ayrilish demak edi. Oybek, Tanlangan asarlar
DEMAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДЕМАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
demak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar