xuruj
bilan ulashing
1. Toʻsatdan hujum qilish; hujum.
-
Tank orqasidan kelayotgan dushman pulemyotchilari xuruj qilib qoldi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
Xuruj qilayotgan olomon turgan joyida qotib qoldi. K. Yashin, Hamza
2. koʻchma Issiq, sovuq, shamol, yomgʻir, oʻt, suv kabi tabiat kuchlarining hamlasi; avjiga chiqishi, kuchayishi.
-
Xuruj qilmoq.
-
Shamol yana xuruj qiladi, daraxtlarning koʻksini tilka-pora qilib shovullaydi. F. Musajonov, Himmat
-
Nogahon xuruj qilgan bu yomgʻir uni ancha shoshirib qoʻygan edi. S. Ahmad, Oydin kechalar
3. Kasallikning kuchayishi.
-
Isitma xuruj qilib, [Bashorat xolaning] hamma yogʻi qaqshab ogʻridi. A. Mirahmedov, Kulgan chechaklar
4. so‘zlashuv tili Biror salbiy narsaga berilib ketish, ruju qilish.
-
Ashir, xotini Xoʻjabekovga tegib ketgandan keyin, ichkilikka xuruj qildi. S. Anorboyev, Oqsoy
XURUJ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХУРУЖ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan XURUJ so‘ziga berilgan ma’nolar
xuruj so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
xuruj so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing