dikkay
bilan ulashing
1. Tikka koʻtarilib turmoq, tikkaymoq.
-
Hozir u doim dikkayib turgan sochlarini hoʻllab taragan, qora kostyum-shim kiygan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Toʻlamat moʻshyuvning oʻsiq qoshlari dikkaydi. S. Anorboyev, Oqsoy
2.
-
2) diqqati tortilmoq; quloq solmoq.
-
Shu vaqt ichkaridan xotinlarning favqulodda qiy-chuv tovushlari eshitilib, ikkisining [Hoji va Hasanalining] ham quloqlari dikkaydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
dikkay soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qulogʻi dikkaymoq
-
Koʻchadagi sharpani eshitgan jiyron qashqaning quloqlari dikkaydi. S. Nurov, Narvon
-
Eshak boʻrini koʻrgan zahoti, quloqlari dikkayib qotib qolgan, dami ichiga tushib yurishga majoli qolmagan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
DIKKAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИККАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dikkay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar