dirkilla
bilan ulashing
1. Dirk-dirk harakat qilmoq, lorsillab turmoq.
-
Koʻkraklar oyoqlarning ohangdosh uchishiga mos dirkillaydi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Butun gavdasi silkinadi, koʻksi dirkillaydi. S. Ahmad, Ufq
-
Ichkari xonadan yugurib chiqqan yarim yalangʻoch raqqosa buralib, aʼzoyi badanini dirkillatib, oʻyinga tusha ketdi. Mirmuhsin, Qahramonnoma
2. aynan Dikillamoq 1.
-
Shu payt koʻcha eshigi zarb bilan ochilib, dirkillab besh-olti qoʻzi kirdi. Yoshlik. Bedovimni dirkillatib Har koʻchganda toʻplar otib, Elima ketkali keldim. Goʻroʻgʻli
3. koʻchma Narsaning yangiligi, boʻlikligini ifodalaydi.
-
Likopchalarda butunicha qoʻyilgan dirkillagan bodring, olma shaklidagi qip-qizil pomidor ishtahani qitiqlaydi. N. Aminov, Tillo tabassumlar
-
Sap-sariq oltindek tovlanib turgan palov dirkillab turardi. J. Musajonov, Himmat
DIRKILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИРКИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan DIRKILLA so‘ziga berilgan ma’nolar
dirkilla so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
dirkilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar