disk
bilan ulashing
1. Mashina, mexanizm va shu kabilarning doira (aylana) shaklidagi qismi.
-
Paxta terish mashinasining diski. Borona diski,yash
-
— Diskaning rangi mashinaning rangida boʻladi, — dedi Abdurahmonov. I. Qalandarov, Shoxidamas bargida
-
Malohat diskadan temir yoʻlga otilib tushdi. Sharq yulduzi
2. sprt. Yengil atletikada qoʻl bilan uzoqqa otiladigan yalpoq metall asbob.
-
Uzoq vaqt stadion gavjum boʻladi. Biri shtanga koʻtaradi, ikkinchisi diska uloqtiradi. Gazetadan
3. harb. Pulemyot, avtomat, miltiq va shu kabilarning patron joylashadigan, aylana shakldagi oʻqdoni.
-
— Diskda oʻq toʻla edi. Mayli, payti kelganda, birontasini ham bekor ketkazmaymiz, — dedi mayor. Oybek, Quyosh qoraymas
4. Umuman, aylana (toʻgarak) shakldagi narsa.
-
Quyosh diskasi.
-
Quyosh diski markazining yuqori kulminatsiya payti haqiqiy tush vaqti deyiladi. Astronomiya
-
Direktor shunday dedi-yu, telefon diskasini aylantira boshladi. Mushtum
DISK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИСК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan DISK so‘ziga berilgan ma’nolar
disk so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
disk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar