doston
bilan ulashing
1. ad. Nazm bilan yozilgan ulkan hikoya, qissa; poema.
-
Navoiyning Layli va Majnun dostoni.
-
Doston ustida jiddiy ishlay boshladim. Shukrullo, Saylanma
-
Maktab darsliklarida uning Koʻkan batrak dostonini alohida dars qilib oʻqitishgan edi. S. Ahmad, Ufq
-
Bir oʻlkaki, dunyoda biroq Bitilmagan dostondir bori. A. Oripov, Yurtim shamoli
2. ad. Xalq qahramonlari haqida nazm va nasrda aytilgan epik asar.
-
Oʻzbek xalq dostonlari. Fozil Yoʻldoshning Atomish
-
dostoni.
3. koʻchma Kechmish voqealar; sarguzasht; dard-u hasrat.
-
Qoʻsh surnaylar uzoqlarning dostonini mungli-mungli chalib oʻtdilar. Gʻ. Gʻulom, Soyalar
-
E, aka qoʻying, dostonimni ochmang Hamza
-
Bugun zang kemirgan tigʻlar shuʼlasi, Asrlar dostoni bordir ularda. A. Sher, Qadimgi kuy
4. Ogʻizdan ogʻizga oʻtib yurgan maʼlum, mashhur sarguzasht hikoyalar, gap-soʻzlar, taʼrif-tavsiflar.
-
El gʻamini bilgan elda doston. Maqol
-
Kelinning suluvligi Margʻilonda maʼlum ekanmi? — Malum ekan, tillarda doston ekan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Toshkent tinchlik, doʻstlik, ham-korlik shahri sifatida tillarda doston. Saodat
5. koʻchma Ovoz, xonish; sayrash.
-
Chaka-lakning allaqaysi burchagidan bulbulning dostoni — nagʻmayi hazori eshitildi. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy
6. Doston (erkaklar ismi).
doston soʻzi qatnashgan jumlalar:
Doston boʻlmoq
-
Foziljon toʻyining taʼrifi baʼzi bir xil xotinlarga necha kungacha doston boʻldi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Bashirjonning navbatdagi antiqa ishlari xalq ichida doston boʻlgan edi. N. Aminov, Qahqaha
-
Shaharga doston boʻlgan toʻy ham tugadi. S. Ahmad, Saylanma
DOSTON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОСТОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
doston so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar