dov
bilan ulashing
1. Boʻyi baland, yoʻgʻon va baquvvat.
-
Bir kun, kech kiray deganda, tugun koʻtargan, dov, yelkador yigit bilan paranji yopingan ayolni ergashtirib kirdilar. Y. Shamsharov, Toshqin
-
Uning Muhammad Sayidning yagʻrinli, quloch koʻkrakli, butun dov jussasidan quvvat barq urardi. Oybek, Navoiy
-
Meliqoʻzi piq etib kulib yubordi. Keyin oʻrnidan turib, dov qaddini rostladi. I. Shamsharov, Dovrugʻ
2. koʻchma Jurʼat, botinish; dadillik.
3. Oʻz haq-huquqini tasdiqlash yoki qondirish haqidagi talab, daʼvo, tortishuv.
-
Yomon yoʻldosh yov boʻladi. Oxir ishi dov boʻladi. Maqol
-
Botir yovda bilinar, soʻzchi — dovda. Maqol
-
Kambagʻalning ovi yurmas, ovi yursa ham, dovi yurmas. Maqol
-
Shahzoda! Ayt, menga qanday doving bor? — O, senga dovim juda koʻp K. Yashin, Hamza
4.
dov soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngli (yoki yuragi) dov bermaslik
-
Ayolning koʻzlariga qarashga yuragi dov bermadi. S. Nurov, Narvon
-
Hikmat notani yozishga yozdi-yu, Oqilaga uzatishga yuragi dov bermadi. Yu. Shomansur, Qora marvarid
-
Lekin yoʻlni kesib oʻtishga koʻnglim dov bermadi. H. Gʻulom, Mashʼal
folk. Urush, janjal; kurashuv, olishuv.
-
Yer tovsiz boʻlmas, El — dovsiz. Maqol
-
Yomon xotin olganning dovi uyida. Maqol
DOV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar